Teledasturlar
13.03.2010
13-14 mart kunlari O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda uning tizimidagi barcha korxona va tashkilotlarda umumxalq xayriya hashari o`tkazildi.
Hashar davomida korxona va tashkilot hududlarida ko`chat va gullar ekildi, daraxtlarni oqlash va butash amalga oshirildi. Ko`cha va yo`laklarni tartibga keltirish, qurilish va maishiy chiqindilarni tashkiliy ravishda to`plash va chiqarib tashlash hamda ariqlar va lotoklar, kanalizatsiya quduqlarining tozalanishi taminlandi...
10.03.2010
O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasida Birlashgan millatlar tashkilotining bolalar fondi (YuNISEF)ning O`zbekistondagi vakolatxonasi jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi boshlig'i Savita Varde-Nakvi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuvda O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va YuNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi o`rtasida dasturlar va seriallar ishlab chiqarish, jurnalistlar uchun o`quv treninglarini tashkil qilish va boshqa sohalarda o`zaro hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha fikr almashildi...
04.03.2010
O`ZBEKISTON MILLIY
TELERADIOKOMPANIYASI
Kompaniya tizimida fidoyilarcha mehnat
qilayotgan barcha ayollarni —
XOTIN-QIZLAR KUNI
bilan samimiy muborakbod etadi.
Sizlarga Vatanimizning yorqin kelajagini yaratish, barkamol avlodlarni ajdodlarimizning yuksak manaviy qadriyatlariga sadoqat ruhida tarbiyalash va voyaga yetkazish kabi masuliyatli
ishlaringizga zafarlar tilaydi!
03.03.2010
Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar uchun an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Atirgul” tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi...
25.02.2010
Farg'ona viloyat teleradiokompaniyasida ko`plab yosh istedodli ijodkorlar mehnat qiladi. Ular jumlasiga Qosimovlar oilasi ham kiradi. Ular oilada ham, ishda ham faolliklari bilan ajralib turadilar. Kompaniyada Qosimovlarning tashabbusi, izlanuvchanligi bilan ko`plab ijodiy yangiliklar yaratiladi...
19.02.2010
O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga “Sinxua” (Xinhua) axborot agentligining Toshkent bo`limi muxbiri j-b Dun Luntszyan tashrif buyurdi.
Tashrif davomida bo`lib o`tgan suhbat chog'ida O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va XXR “Sinxua” axborot agentligining «China Network Corporation» (CNC) telekanali o`rtasida o`zaro hamkorlik to`g'risida fikrlar almashildi...
12.02.2010
2010 yilning “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilinishi mamlakatimizda yoshlarga bo`lgan etibor asosiy masalalardan biri sifatida qaralishini yana bir marta tasdiqladi. Shundan kelib chiqqan holda, Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi yil avvalidanoq istedodli, har sohada bilimdon yoshlar hayoti, ularning faoliyatini yoritishni asosiy vazifa qilib belgiladi...
Yangiliklar
|
12.03.2010
Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida 11 mart kuni Yaponiyaning Nagoya universiteti vakolatxonasi ochildi...
|
11.03.2010
O‘zbekiston jamoalari Osiyo chempionlar ligasida yuzinchi uchrashuvini o‘tkazdi...
|






















