Andijon

Tashkilot haqida

Andijon radiosi

   Andijon radiosi 1934 yildan efirga chiqa boshlagan. Dastlab, Andijon shahri aholisi uchun haftada bir-ikki marta radio orqali yangiliklar berilgan.

   1960 yilda viloyat radiosida eshittirishlar MAG – 59 magnitofoniga yozilib, shahar radiotarmog‘i orqali tinglovchilarga etkazilgan.

   1969 yildan eshittirishlar o`zbek, rus, qirg‘iz, tatar tillarida har kuni jami 1 soat 36 daqiqa hajmida efirga uzatilgan.

   Mustaqillik yillarida viloyat radiosi faoliyati takomillashdi va radioeshittirishlarning chinakam rivojlanish davri bo`ldi. 2015 yil 1 yanvardan boshlab Andijon radiosi FM – 101.6 to`lqinlari orqali kuniga 12 soat hajmida eshittirishlarni to`g‘ridan-to`g‘ri efirga bermoqda.