Andijon

Kompaniya haqida

Teleradiokompaniya haqida

   1991 yil 25 oktabrdan boshlab Andijon televideniesi ko`rsatuvlari efirga chiqa boshlagan. Dastlab haftasiga bir soat, keyinchalik haftada ikki marotaba bir yarim soatlik teledastur efirga uzatilgan. O`sha paytlarda texnik jihatdan imkoniyatlar unchalik katta emasdi. Barcha materiallar bitta videokassetaga jamlanib, Bog`ishamol adirliklarida joylashgan telemarkazga mashinada etkazilardi.

 1995 yilga kelib videosignallarni to`g`ridan-to`g`ri telemarkazga uzatish qurilmasi (RRL) teleradiokompaniya binosining o`ziga o`rnatildi. Natijada texnik imkoniyatlar kengayib, ortiqcha xarajatlarning oldi olindi, eng muhimi, vaqtdan yutildi. Ko`rsatuvlarning ra ta’minlash, badiiy saviyasini oshirish bilan birga, efir vaqtini uzaytirishga sharoit tug`ildi.

   O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 noyabrdagi «Mustaqil teleradiokanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmoniga asosan, 2008 yilda viloyat teleradiokompaniyasiga 1 million 632 ming 802 evro yoki 2 milliard 700 million so`mlikka yaqin zamonaviy teleradiojihozlar olib kelib o`rnatildi. Ushbu loyihani amalga oshirishga Andijon viloyati hokimligi tomonidan alohida e’tibor berilib, kompaniya binosini joriy ta’mirdan chiqarish uchun 2007 yilda 113 million so`m mablag` ajratildi. Respublika hukumati va viloyat hokimiyatining qo`llab-quvvatlashi natijasida Andijon viloyati teleradiokompaniyasi jahon andozalariga mos eng zamonaviy rusumdagi telejihozlarga ega bo`ldi.

   «Andijon axboroti» informatsion dasturi hamda «7 kun» axborot-tahliliy dasturi viloyatning barcha sohalarda amalga oshirilayotgan ijobiy o`zgarishlar, bunyodkorlik, tashabbuskorlik borasidagi fidoyiliklarini aholiga etkazib berish barobarida, kamchiliklarni ro`yirost ochib berish, tahliliy va tanqidiy chiqishlari bilan tomoshabinlarning e’tirofiga sazovor bo`ldi.

Efir soati: 18 soat.

Efir qamrovi: Farg`ona vodiysining 3 ta viloyati hamda qo`shni Qirg`iziston Respublikasining O`sh va Jalolobod viloyatlarining katta qismini tashkil etadi.