Buxoro

Kompaniya haqida

Teleradiokompaniya haqida

  Viloyat televideniesi o`z ko`rsatuvlarini 1994 yil 13 martdan efirga muntazam uzata boshladi. Dastlab haftada uch marta, jami 1 soatu 10 daqiqa hajmida ko`rsatuvlar efirga uzatilgan.

  2007 yildan boshlab Buxoro viloyati teleradiokompaniyasi kuniga 16 soat hajmida teleko`rsatuvlarni efirga berishni yo`lga qo`ydi. O`sha yili markaziy teleradiokanallarning muxbirlari uchun 2 ta zamonaviy TJK kameralari va 2 yig`ma nochiziq montaj apparatxonali ishga tushirildi. 2009 yilda «SIEMENS BFE» firmasidan olib kelingan studiya texnikalari, yoritgichlari, montaj apparaturalari o`rnatildi, hamda TJK videokameralar ishga tushirildi va yangi o`rnatilgan zamonaviy texnikalardan oqilona foydalanish, ayniqsa, DVCAM kameralarining yuqori sifati viloyat teleradiokompaniyasining ko`rsatuvlari nufuzini yanada oshirdi.

Efir soati: 18 soat.

Efir qamrovi: Buxoro viloyati hududi bo`yicha teleradio dasturlarini tarqatish qamrovi 97 % tashkil qiladi.