Buxoro

Buxoro radiosi

Buxoro radiosi

  Arxiv ma’lumotlariga ko`ra, Buxoro radiosi faoliyati 1927 yil 23 oktabrdan boshlangan. 1930 yil 23 yanvarda yangi Buxoro, G‘ijduvon tumani, Bahouddin qishloqlari namunali hudud sifatida belgilanib, mazkur qishloqlarda 200 ga yaqin radionuqta o`rnatilgan.

  1960 – 1970 yillarda Buxoro radiosida ikkita muharririyat bo`lib, o`zbek va rus tillarida eshittirish olib borilgan bo`lsa, 1980-yillarda tojik va qozoq tili muharririyatlari ham tashkil etildi.

  1986 yilda yangi Radio uyi qurib bitkazildi va zamonaviy texnik-uskunalar bilan jihozlandi.

Hozirda viloyat radiosi FM – 102 («O`zbekiston» radiokanali ) to`lqinida har kuni 96 daqiqa hajmida o`zbek, rus, tojik tillarida eshittirishlarni efirga uzatmoqda.