Jizzax

Kompaniya haqida

Teleradiokompaniya haqida

  1996 yil 8 avgustda Jizzax viloyati televideniesi o`zining ilk teleko`rsatuvlarini efirga uzatgan. O`sha paytda haftasiga atigi 1 soat hajmdagi telemahsulotlar efirga berilgan. Ko`rsatuvlar eng oddiy funksiyali VHS – 3000, VHS – 9000, shuningdek, Betacam SP videokameralarida tasvirga tushirib kelinar, montaj esa chiziqli montaj stolida bajarilardi. Teleko`rsatuvlar videokassetaga yozib olingandan so`ng, Jizzax shahri yaqinidagi «Qangli» RTSga etkazib berilib, u erdan releyka uskunasi yordamida G`allaorol tumanidagi Qo`ytosh RTSga uzatilgan va tarqatilgan.

Televidenie tashkil etilganidan boshlab, bosqichma-bosqich tarzda telemahsulot tayyorlashdagi ish samarasi va tajriba o`sib, efir hajmi ham oshib bordi. Masalan, 2002 yildan haftasiga 6 soat, 2010 yildan har kuni 8 soatni tashkil etgan.

Yutuqlari

  2005 yil 8 noyabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mustaqil teleradio kanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 3678-sonli Farmonining qabul qilinishi Jizzax televideniesi faoliyatida tub o`zgarishlarga asos yaratdi. Ko`rsatuvlar sifati va saviyasida sezilarli ijobiy o`zgarishlar ro`y berdi. Studiyalarga eng zamonaviy kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari samarali tatbiq etildi.

2013 yildan boshlab viloyat televideniesi ko`rsatuvlarini raqamli formatda efirga uzatishning yo`lga qo`yilishi, ishlab chiqarish jarayonining texnik jihatdan zamon talablari asosida to`liq jihozlanishi ijodkorlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi.

Efir soati: 18 soat.

Efir qamrovi: Jizzax viloyat teleko`rsatuvlari 38- va 40-kanallarda viloyatning barcha hududlarini, shuningdek, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari hududlarini qamrab oladi.

Asosan qaysi auditoriya uchun faoliyat yuritadi

Yoshi, millati,  jinsi, e'tiqodidan qat'iy nazar viloyatning barcha aholisi uchun mos ko`rsatuv va eshittirishlar tayyorlab, efirga uzatadi.

Maqsadi va asosiy vazifalari

  Viloyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotini, vohada sodir bo`layotgan ijtimoiy ahamiyatga molik boshqa katta voqyealar va tadbirlarni yoritish;

mahalliy hokimiyat va o`zini o`zi boshqarish organlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim muammolarini hal etish, fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga bag`ishlangan dasturlar tayyorlash;

viloyatning ko`p millatli aholisi manfaatlarini hisobga olgan holda axborot-gumanitar, o`quv madaniy-ma'rifiy ko`rsatuv va eshittirishlarini tashkil qilish;

teletomoshabinlar va radiotinglovchilarning intellektual bilim doirasi va saviyasini oshirish, atrof-muhit haqidagi tasavvur va ko`nikmalarini shakllantirish va kengaytirishga qaratilgan ma'rifiy-madaniy dasturlar tayyorlash, jahon hamda milliy madaniyatimizning noyob durdonalari, san'at, musiqa, turizm, kino sohalaridagi zamonaviy yutuqlarni  viloyatning ko`p millatli aholisi manfaatlarini inobatga olgan holda ommalashtirish;

viloyat aholisining didi va talablariga javob beruvchi, teletomoshabinlar va radioeshituvchilarda  ma'naviylikning yuksak hislarini tarbiyalovchi yuqori darajadagi badiiy va ko`ngilochar dasturlar tayyorlash.