Namangan

Kompaniya haqida

Teleradiokompaniya haqida

  1990 yil 18 oktabr kuni Namangan viloyati televideniesi o`zining tajriba sinov ko`rsatuvlarini efirga uzatgan. O`sha paytda «Magnoliya» rusumli ko`chma televizion stansiya hamda «KT – 132» markali 3 ta telekamera bilan ish boshlagan televidenie texnik jihatdan ancha kuchsiz edi.

  Mustaqillikning dastlabki yillaridan viloyat televideniesining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, ijodkorlar uchun qulay sharoitlar yaratildi, turkum ko`rsatuvlar tashkil etildi.

  2000 yilda viloyat teleradiokompaniyasi uchun qariyb 504 mln. 15 ming so`m mablag` evaziga yangi telemarkaz qurib bitkazildi. Zamonaviy televidenie studiyalari barcha sharoit va qulayliklarga ega bo`lib, o`sha davrning eng so`nggi rusumdagi apparaturalari o`rnatildi.

  2006 yildan boshlab aholining tezkor axborotga bo`lgan ehtiyojini qondirish, turli ko`ngilochar dastur loyihalari ishlab chiqish, ularni milliy mentalitetdan kelib chiqqan holda tayyorlanishiga e’tibor berildi.

  Namangan viloyati teleradiokompaniyasida 2007 yilning 1 yanvaridan 2012 yil 1 yanvariga qadar har kuni 12 soat teleko`rsatuv tayyorlanib efirga uzatilgan.

Efir soati: 18 soat.