Navoiy

Navoiy radiosi

Navoiy radiosi

  1982 yilning 3 avgustidan Navoiy radiosining birinchi eshittirishlari efir orqali uzatila boshlangan. O`sha paytlarda viloyat radiosi o`zbek, rus va qozoq tillarida 12.30 – 13.00 gacha, kechki eshittirish esa 17.00 dan 17.30 gacha, jami bir soat efirga berilardi.

   Navoiy viloyat radiosining eshittirishlari dastlab joylarga sim orqali etkazib berilgan bo`lsa, keyinchalik eshittirishlar viloyat hududiga 4,39 metrli ultra qisqa to`lqinlarda (UKV) tarqatilgan. Hozirda viloyat radiosi har kuni FM – 106,6 radio to`lqinida 1 soatu 36 daqiqalik, ya’ni soat 15.30 dan 17.06 gacha o`zbek, qozoq tillarida o`z eshittirishlarini tayyorlab, tinglovchilar e’tiboriga taqdim etmoqda.

   Kelgusida Navoiy viloyat radiosini alohida FM to`lqinlarida 12 soat hajmda tinglovchilarga etkazish rejalashtirilgan.