Qashqadaryo

Kompaniya haqida

Teleradiokompaniya haqida

  1995 yil 23 yanvarda Qashqadaryo viloyat televideniyesini tashkil etish to`g`risida farmoyish qabul qilinadi. Mana shu hujjatga asosan Qashqadaryo televideniyesi tashkil etilib, unga 200 ming AQSH dollaridan ortiq mablag` evaziga xorijdan zamonaviy asbob-uskunalar, ikki dona «SONY BETAKAM SP» telekamera hamda ikki jamlanma «SONY BETAKAM SP» oddiy chiziqli montaj stoli keltirilib o`rnatiladi.

  1995 yil 24 avgust kuni soat 17.00 da ilk sinov ko`rsatuvi efirga uzatildi.

  2001 yilning 27 dekabrida Qashqadaryo teleradiokompaniyasining yangi binosi qurib bitkazildi va viloyat telemarkazi ochildi. Zamon talablariga mos ravishda jihozlangan telemarkaz tomonidan o`sha paytda haftada 3 kun, ya'ni chorshanba, juma, yakshanba kunlari 30 daqiqadan axborot-informatsion va qisman ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy ko`rsatuvlarni efirga uzatish yo`lga qo`yildi.  

  2002 yilda bir dona «SONY BETAKAM SP» telekamera hamda bir jamlanma «SONY BETAKAM SP» oddiy chiziqli montaj stoli olib kelindi.

  2003 yilda Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasiga «BFE SIEMENS» firmasi (Germaniya)ning uch kamerali studiya jihozlari o`rnatildi. Natijada viloyat televideniyesining efir soatlari 6 soatga uzayib, dushanbadan tashqari har kuni efirga chiqish imkoniyati vujudga keldi.

  2007 yilda viloyat televideniyesining efir soati 8 soatga uzaydi. Quvonarlisi, 2008 yilning aprel oyidan viloyat televideniyesining teleko`rsatuvlari alohida kanal orqali namoyish etilishi natijasida efir soatlari yanada kengaytirildi.