Qoraqalpog`iston

Kompaniya haqida

Teleradiokompaniya haqida

   Qoraqalpog`iston televideniesining birinchi ko`rsatuvi 1964 yil 5 noyabr kuni efirga uzatilgan. Dastlabki vaqtlarda qoraqalpoq va rus tillarida 5 daqiqadan «Teleyangiliklar» tayyorlangan.

  1965 yilning may oyidan boshlab Qoraqalpog`iston televideniesi ko`rsatuvlari vaqti 2 soatdan 2,5 soatga uzaytirilib, haftada to`rt kun efirga chiqa boshlagan. 1966 yilning 1 yanvaridan ko`rsatuvlar hajmi 3 soatga etkazilib, chorshanbadan tashqari haftaning har kuni ko`rsatuvlar beriladigan bo`ldi. Shuningdek, dam olish va bayram  kunlari kunduzi soat 12.00 dan boshlab bolalar uchun «Jetkinshek bizda mehmonda», «Mehnat botirlikni xohlaydi», «Baliqchi bolalari», «Shoirlar bolalarga» deb nomlangan ko`rsatuvlar berila boshlagan.

  1966 yil 29 noyabrda «Qoraqalpog`istonda televideniyeni bundan buyon ham rivojlantirish tadbirlari to`g`risida» gi qarori qabul qilingan.

  1968 yili ko`chma telestansiya (PTS) olinib, ko`rsatuvlarni studiyadan tashqarida tayyorlash imkoni yaratildi.

  1992-yil  Davlat televideniye va radio eshittirish kompaniyasi.

  2002 -yil Qoraqolpog`iston Respublikasi teleradiokompaniyasi bo`lib o`zgartirildi. Shu yili birinchi marotaba 1-iyun kuni «Assalao`ma әleykum, Koraqolpog`iston» ko`rsatuvi efirga uzatildi.

Yutuqlari

   Istiqlol yillarida Qoraqalpog`iston telekanali faoliyati tubdan o`zgardi. Yangi janrdagi turfa ko`rsatuv va teledasturlar yaratildi. Bugungi kunda Qoraqalpog`iston telekanali kuniga 18 soat hajmda ko`rsatuvlarni analog va raqamli formatda efirga uzatmoqda.

   2013 yilning aprel oyida Qoraqalpog`iston telekanali dasturlari raqamli formatdagi efir setkasiga kiritildi.

  2013 yilning 1 iyunidan ish boshlagan dublyaj studiyasi faoliyati tufayli kichik teletomoshabinlar multfilmlarni qoraqalpoq tilida ko`rish imkoniyatiga ega bo`ldi. 2014 yili ikkinchi dublyaj studiyasi ishga tushirilib kino-telefilmlar qoraqalpoq tiliga dublyaj qilina boshlandi.

Efir soati: 18 soat.

Efir qamrovi: Qoraqalpog`iston Respublika bo`yicha 95-98%.

Assosan qaysi auditoriya uchun faoliyat yuritadi

Yoshi cheklanmagan.

Maqsadi va asosiy vazifalari

   Qoraqalpog`iston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini, bu yerda sodir bulayotgan ijtimoiy ahamiyatga molik boshqa katta voqyealar va tadbirlarni yoritish; mahalliy hokimiyat va o`zini-o`zi boshqarish organlarining ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishning muhim muammolarini hal etish, fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini  himoya qilish borasidagi faoliyatini samarali tashkil qilish masalalariga bag`ishlangan dasturlar tayyorlash; Qoraqalpog`iston Respublikasining ko`p millatli aholisi manfaatlarini hisobga olgan holda ahborot-gumanitar, o`quv, madaniy-ma'rifiy dasturlartayyorlash, jahon madaniyatining noyob durdonalari, san'at, musiqa, turizm, kino sohalaridagi zamonaviy yutuqlarni Qaraqalpog`iston Respublikasining ko`p millatli aholisi manfaatlarini inobatga olgan holda ommalashtirish; Qoraqalpog`iston Respublikasining aholisining didi va talablariga javob beruvchi, teletomoshabinlar, radioeshituvchilar va birinchi navbatda yoshlar va bolalarga guzallik va ma'naviylik hislarini tarbiyalovchi yuqari darajadagi badiy  va ko`ngil ochadigan teleko`rsatuv radioeshituvchilar tayyorlash.