Samarqand

Kompaniya haqida

Teleradiokompaniya haqida

  1989 yilda Samarqand televideniesining viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid dastlabki ko`rsatuvlari tayyorlanib, oynai jahon orqali tajriba tariqasida efirga uzatildi. 1991 yildan viloyat televideniesi ko`rsatuvlari haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari bir soatdan dastlab «O`zbekiston», keyin «Yoshlar» telekanallari to`lqinida efirga chiqa boshladi. 1992 yildan esa 28 DMV kanali orqali efirga uzatila boshlandi.

  1996 yilning oxirida viloyat teleradiokompaniyasi Samarqand shahridagi Ozod Sharq ko`chasi 4-uyga ko`chirilishi natijasida viloyat radio va televideniesi bir joyda faoliyat ko`rsata boshladi.

  2004 yilda viloyat teleradiokompaniyasiga Germaniyaning «SIEMENS BFE» firmasidan olib kelingan studiya texnikalari, yoritgichlari, montaj apparaturalari o`rnatildi, hamda TJK videokameralar ishga tushirildi.

  2013 yil 22 maydan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining ko`rsatuvlari raqamli tizim orqali efirga uzatilmoqda.  

  Samarqand viloyatining ma’muriy markazi – Ko`ksaroy maydonida viloyat teleradiokompaniyasi uchun 4 qavatdan iborat bino qayta ta’mirlanib, tele va radioapparatxonalari joylashtirildi va barcha talablarga javob beradigan zamonaviy yangi telestudiya barpo etildi va 2015 yil viloyat teleradiokompaniyasi ushbu zamonaviy binoga ko`chib o`tdi.

Efir soati: 18 soat

Maqsadi va asosiy vazifalari

Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining asosiy maqsadi va vazifalari mamlakatimizda hamda viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma'rifiy hayotida ro`y berayotgan ulkan o`zgarishlar, yangiliklar, amalga oshirilayotgan islohotlar, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining, Oliy Majlis qarorlari  ijrosini ta'minlash, ularni aholi o`rtasida keng targ`ib qilish va ijtimoiy fikrni shakllantirish istiqlol bergan bebaho ne'matning qadriga yetish, hududlarda olib borilayotgan ulkan yaratuvchilik, bunyodkorlik  ishlari, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, osoyishtalikni saqlash kabi keng qamrovli ishlarni televideniye va radio orqali yoritishdan iborat.