Sirdaryo

Kompaniya haqida

Teleradiokompaniya haqida

   Sirdaryo viloyati televideniesining ilk ko`rsatuvlari 1996 yil 15 dekabr kuni efirga uzatilgan. Televidenie jamoasi dastlab faqat yakshanba kunlari bir soat ko`rsatuvlarni efirga uzatgan.

  2005 yil sentabr oyiga qadar viloyat teleradiokompaniyasi o`zining doimiy binosiga ega bo`lmagan. Sirdaryo viloyati hokimining 2005 yil 22 avgustdagi 137-sonli qarori bilan Guliston shahrida televidenie uchun bino ajratildi.

  2007 – 2008 yillarda O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan Sirdaryo televideniesi uchun «SP» videokameralar ajratilib, yangi rusumdagi montaj uskunalari, kompyuterlar olib berildi.

  Tele va radiodasturlarni to`g`ridan-to`g`ri teleradiokompaniya apparatxonalaridan efirga uzatilishini ta’minlash, ko`rsatuvlar sifatini tubdan yaxshilash maqsadida Guliston RTSidan viloyat teleradiokompaniyasi binosigacha bo`lgan masofaga shisha tolali kabel o`tkazilib, telemahsulotlarni bevosita Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi binosidagi maxsus elektron jihozlar orqali efirga uzatilishi yo`lga qo`yildi.

  2013 yilda 3 ta nochiziqli montaj yig`malari, 4 ta TJK kameralari, 1ta audiomiksher, 4 ta diktofon, 2 ta server, 1 ta radiomikrofon va 2 ta TJK mikrofoni, videokamera akkumulyatorlari, 5 ta tashqi videokartalar, yoritish chiroqlari olib kelindi. Shu yilning 1 aprelidan Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi teleko`rsatuvlari hamda radioeshittirishlarini raqamli formatda efirga uzatish yo`lga qo`yildi. Bu esa efir qamrovini oshirdi. Misol uchun, viloyat televideniesi analog formatda Guliston shahridan 60 km radiusdagi masofaga efir uzatgan bo`lsa, raqamli formatga o`tgandan so`ng bu masofa salkam 100 km.ga kengaydi.

Efir soati: 18 soat.

Efir qamrovi: Sirdaryo viloyati, Jizzax va Toshkent viloyatlarining ayrim tumanlari.