Sirdaryo

Sirdaryo radiosi

Sirdaryo radiosi

  1963 yil 9 iyundan Sirdaryo radiosi efirga chiqishni boshladi. Dastlab ultra qisqa to`lqinlar orqali o`n besh daqiqa, keyinchalik o`ttiz daqiqa hajmida eshittirishlar efirga uzatilgan. Eshittirishlar o`zbek, rus, keyinchalik tojik tilida olib borilgan. 1964 yildan qozoq tilida, 1968 yildan tatar tilida eshittirish tayyorlash yo`lga qo`yildi.

  1970 – 1980-yillarda asosan viloyatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotiga doir radiodasturlar tayyorlangan.

  Hozirgi vaqtda radioeshittirishlar zamonaviy kompyuterlar orqali montaj qilinmoqda. Eshittirishlar har kuni G‘M 98,6 to`lqini orqali

  1 soatu 36 daqiqa davomida o`zbek, rus va tojik tillarida efirga uzatilayapti.