Surxondaryo

Kompaniya haqida

Teleradiokompaniya haqida

  1990 yil 16 oktabrda Surxondaryo viloyati televideniesining dastlabki ko`rsatuvi efirga uzatildi. Ko`rsatuv 20 daqiqadan iborat bo`lib, unda Jarqo`rg`on tumanidagi mirishkorlarning hayoti va mehnat faoliyati aks etgan. Teleko`rsatuvlar 1991 yildan muntazam ravishda efirga uzatila boshlangan. O`sha paytda Surxondaryo televideniesining bir kunlik efir hajmi 1 soatu 10 daqiqani tashkil etgan.

  Dastlabki paytlarda viloyat televideniesi «O`zbekiston», keyinchalik «Yoshlar» telekanali to`lqinida efirga chiqqan. 2008 yil 1 yanvaridan alohida to`lqinda viloyat bo`yicha tele efir berish yo`lga qo`yildi.

  Teleko`rsatuvlar informatsion, ijtimoiy-iqtisodiy va  ma’naviy-ma’rifiy yo`nalishda bo`lib, ularda  viloyat, respublika miqyosida hamda xorijda  ro`y berayotgan voqea-hodisalar, vohada  ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda amalga oshirilayotgan ishlar ko`lami, erishilayotgan yutuqlar va  hal etilishi lozim bo`lgan vazifalar tahliliga keng o`rin beriladi.

  Hozirgi vaqtda viloyat televideniesi alohida kanal orqali kuniga 18 soat hajmida efirga chiqmoqda.

Efir soati: 18 soat.

Efir qamrovi: Analog va raqamli tarqatish vositalari orqali uzatilayotgan teleko`rsatuvlar viloyatning qariyb 90 foiz hududini qamrab oladi. Shuningdek qo`shni Afg`oniston, Tojikiston, Turkmaniston respublikalari chegara hududlarining ko`pchilik aholisi ham ko`rish imkoniyatiga ega.