xorazm

Xorazm radiosi

Xorazm radiosi

   Xorazm viloyatida dastlabki radioefir 1936 yil 15 yanvar kuni amalga oshirilgan. Uzoq yillar mobaynida Xorazm radiosining kundalik eshittirishlari hajmi bir soatni tashkil etib kelgan. Asosan o`zbek va rus tillarida so`nggi yangiliklar, konsert dasturlari va ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy mavzulardagi eshittirishlar tayyorlangan.

   Mustaqillik yillarida viloyat radiosida juda katta o`zgarishlar ro`y berdi. 1991 yilda yangi Radio uyi foydalanishga topshirildi. Bugungi kunda Xorazm radiosi bir kunda 1 soatu 50 daqiqa hajmida eshittirishlarni tayyorlab efirga uzatadi.

   Xorazm radiosining arxiv fondi juda boy bo`lib magnit tasmalarida mashhur san’at ustalari ijro etgan mumtoz qo`shiqlar, yozuvchi va shoirlarning ovozlari, radioinssenirovkalar saqlanmoqda. Keyingi yillarda ushbu nodir xazinani raqamlashtirish ishlari olib borilayapti.